XITOYNING YIRIK KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Bugun “O‘zmetkombinat” AJda Xitoyning "Henan Longcheng Group Co., Ltd." kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev ishtirok etdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar sanoat sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari, ilg‘or texnologiyalar almashinuvi hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Ma‘lumot uchun: "Henan Longcheng Group Co., Ltd." — Xitoy metallurgiya sanoatining yirik vakillaridan biri bo‘lib, mis plitalar, quyma prokat qoliplari, energiya tejamkor uskunalar hamda ilg‘or metallurgiya texnologiyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.