Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / E`lonlar

ENG YAXSHI MAQOLALAR TANLOVI

17.04.2024 17.04.2024 50

"O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubileyi munosabati bilan kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida "Kombinatning eng yorqin xotirasi" mavzusida eng yaxshi maqolalar tanlovi e'lon qilinadi.

Tanlovda kombinatning barcha ishchi-xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

"Kombinatning eng yorqin xotirasi" eng yaxshi maqolalar tanlovida ishtirok
etish uchun quyidagi talablarga javob beradigan maqolalar qabul qilinadi:
- Maqola "O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubuleyiga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak;
- Maqola tanlov qatnashchisining shaxsiy ijod mahsuli bo‘lishi (tayyor manbalardan olinmagan bo‘lishi) kerak;
- Hajmi 3500 - 4000 bosma belgigacha bo‘lishi kerak.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan maqolalar "O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubileyi tantanalari oldidan kombinatning ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan maqolalar 2024-yil 5-may soat 18:00ga qadar Matbuot xizmatiga – +998909775897 raqamiga (Telegram orqali) yuborilishi lozim.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda quyida ko‘rsatilgan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin I darajali diplom 3 000 000 so‘m
2-o‘rin II darajali diplom 2 500 000 so‘m
3-o‘rin III darajali diplom 2 000 000 so‘m

 

5.00

(1 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda