Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / E`lonlar

ENG YAXSHI VIDEOROLIKLAR TANLOVI

22.04.2024 22.04.2024 45

ENG YAXSHI VIDEOROLIKLAR TANLOVI E'LON QILINADI

"O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubileyi munosabati bilan kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida "Kombinatning kecha va buguni" mavzusida eng yaxshi videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi.

Tanlovda kombinatning barcha ishchi-xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

"Kombinatning kecha va buguni" eng yaxshi videoroliklar tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob beradigan videoroliklar qabul qilinadi:
- videorolik mazmunan kombinatning tarixi va bugungi kundagi faoliyati, erishilayotgan yutuqlar hamda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘zida aks ettirishi kerak;
- AVI, MPEG-2, MPEG-4, AVC HD formatlari (MOV formati qabul qilinmaydi);
- davomiyligi – 2 daqiqadan kam bo‘lmagan va 5 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan;
- fayl hajmi 700 MB dan oshmasligi;
- o‘lchamlari kamida 1280x720 piksel 16:9 bo‘lishi kerak.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan videoroliklar "O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubileyi tantanalari oldidan kombinatning ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan videoroliklar 2024-yil 5-may soat 18:00ga qadar Matbuot xizmatiga – +998909775897 raqamiga (Telegram orqali) yuborilishi lozim.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda quyida ko‘rsatilgan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin I darajali diplom 3 000 000 so‘m
2-o‘rin II darajali diplom 2 500 000 so‘m
3-o‘rin III darajali diplom 2 000 000 so‘m

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda