+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

E'LON

E'LON

“O‘ZBEKISTON METALLURGIYA KOMBINATI” AKSIYADORLIK JAMIYATI BOSHQARUV RAISINING MOLIYA-IQTISODIYOT VA TRANSFORMATSIYA MASALALARI BO‘YICHA O‘RINBOSARI BUDEY TATYANA ALEKSANDROVNA O‘Z LAVOZIMIDAN TARAFLARNING O‘ZARO KELISHUVIGA KO‘RA OZOD ETILGANLIGI HAQIDA MA’LUM QILADI

O‘zbekistonda qora metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan “O‘zbekiston metallurgiya kombinat” aksiyadorlik jamiyati (RSE: UZMK) (keyingi o‘rinlarda – “O‘zmetkombinat” AJ, “Kompaniya”) 2025-yil 3-mart kuni tomonlarning kelishuviga ko‘ra, boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Budey Tatyana Aleksandrovna egallab turgan lavozimidan ozod etilganligini ma’lum qiladi. Qaror kombinat Kuzatuv Kengashi tomonidan ma’qullangan.

T.A. Budey kombinatdagi mehnat faoliyatini 2021-yil 11-martda boshlagan bo‘lib va moliyaviy bo‘limni rivojlantirish va kompaniyani transformatsiyasiga katta hissa qo'shdi.

T.A. Budey o‘z ketishini shunday izohladi: “O‘zmetkombinat" AJda to‘rt yil ishlab, kompaniya rivojiga hissa qo‘shganimdan so‘ng, o‘z xohishim bilan lavozimimni tark etishga qaror qildim. Bu shaxsiy vaziyatlarga asoslangan puxta o‘ylangan qaror edi. Men barcha hamkasblarim va hamkorlarga ularning professionalligi, qo‘llab-quvvatlashi va birgalikdagi faoliyati uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.”

“T.A. Budey korxonaning transformatsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Uning professionalligi tufayli xalqaro kapital bozorlariga chiqish va ESG tamoyillarini joriy etish kabi asosiy tashabbuslar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Uning hissasi keyingi rivojlanish uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.” dedi Boshqaruv raisi – Bosh direktor
D.T. Ahmedov.

Ayni paytda boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi vakant bo‘lib turibdi. Boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosari tayinlangani haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

Ma’lumotnoma:

T.A. Budey kombinatdagi mehnat faoliyatini 2021-yil 11-martda boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida moliya masalalari bo‘yicha boshlagan. "O‘zmetkombinat" AJda u kombinatning moliyaviy vazifalarini rivojlantirish, korporativ boshqaruv, ESG dasturi, yirik investitsiya loyihalari va operatsion faoliyatni moliyalashtirish uchun mas’ul bo‘lgan.

U 2001-yilda Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya akademiyasini, 2008-yilda esa Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Xalq xo‘jaligi akademiyasining Rossiya-Germaniya oliy boshqaruv maktabini tamomlagan. 2008-yildan beri neft-gaz va energetika sohalaridagi kompaniyalarda moliyaviy boshqaruv bo‘yicha rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. U turmush qurgan bo‘lib, uch farzandning onasi.

4.004 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish