Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Kundalik yangiliklar

img

29.10.2025

“O‘zmetkombinat” AJ Tarix muzeyiga talabalar tashrif buyurdi

Bugun O‘zmetkombinat AJ Tarix muzeyi Bekobod politexnikumi talabalari — bo‘lajak korxona mutaxassislarini qabul qildi. Ular kombinatning shakllanish bosqichlari, yutuqlari hamda zamonaviy loyihalari bilan tanishib, amaliyot oldidan kerakli bilimlarga ega bo‘ldilar.

Kombinat yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib, ular uchun kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Batafsil
img

29.10.2025

E’tibor markazida — xodimlar manfaati

Kombinat kasaba uyushmasi qoʻmitasi hamda bo‘linmalar kasaba qoʻmitalari raislari Navli prokatlash boʻlinmasiga amaliy tashrif buyurdilar. Tashrif davomida prokatchilar jamosida mehnat jaroyonlari holati oʻrganilib, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.

Kasaba uyushmasi vakillari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, mavjud ehtiyoj va masalalar yuzasidan masʼullar bilan fikr almashdilar. Tashrif yakunida kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Elzara Veliullayeva boshchiligida yigʻilish oʻtkazilib, amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Batafsil
img

29.10.2025

Ayollar mahorati har narsaga qodir

Ayollar mahorati har narsaga qodir — ular osoyishtalik myhitini yaratadi, metallga shakl beradi va fidokorona mehnati bilan boshqalarga shijoat bag‘ishlaydi.
Ishlab chiqarishda ayollar mahorat, mas’uliyat va qismlarga diqqat-e’tiborda erkaklardan aslo qolishmaydilar. Ularning mehnati — bu kombinatimizning quvvati manbai, go‘zalligi va ruhi asosidir.

Batafsil
img

29.10.2025

Dolzarb masalalarni hal qilishga yordam bermoqda

“O‘zmetkombinat” AJning Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi xodimlari har kuni turli manbalar orqali kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilib, ularni qonunchilik asosida o‘z vaqtida ko‘rib chiqishmoqda. Asosan ishga joylashish, uy-joy masalalari, moddiy yordam ko‘rsatish hamda boshqa ishga o‘tkazish bo‘yicha murojaatlarga tezkor yechim topishda yordam ko‘rsatishmoqda. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan holatlar esa tegishli tashkilotlarga yuborilib, ularning ijrosi to‘liq yakunlangunga qadar qat’iy nazoratda olinadi.

Batafsil
img

28.10.2025

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tanlov g‘oliblari taqdirlandi

“O‘zmetkombinat”da “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tanlov yakunlari e’lon qilindi. G‘olib jamoalar vaucherlar bilan taqdirlandi, shundan so‘ng tanqidiy tahlil asosida kelgusi vazifalar belgilangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil
img

27.10.2025

“O‘zmetkombinat” AJ xalqaro auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi

“O‘zmetkombinat” AJ xalqaro auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi va korrupsiyaga qarshi  ISO 37001:2016 standarti talablariga mosligini tasdiqladi. Bu yutuq korxonada shaffoflik hamda mas’uliyatli boshqaruv tamoyillari samarali joriy etilayotganini anglatadi. 

Batafsil
img

25.10.2025

Avtomobil transporti xodimlari kuni kasb bayrami

26-oktabr kuni O‘zbekistonda Avtomobil transporti xodimlari kuni nishonlanadi. Bu zamonaviy logistika tizimi va korxonalar barqaror faoliyatini ta’minlaydigan fidoyi mutaxassislar bayramidir.

Batafsil
img

23.10.2025

“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Respublikamizda 20–27-oktabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida “O‘zmetkombinat” AJda belgilangan chora-tadbirlar asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Rejaga muvofiq, Elektrda po‘lat eritish, Temir-tersaklarni qayta ishlash, Zoldir prokatlash bo‘linmalarida va kombinat markaziy laboratoriyasida ishchi-xodimlar bilan Favqulodda vaziyatlar va radiatsiya xavfsizligi bo‘limi mutaxassislari bilan uchrashuv va seminarlar tashkil etildi. Tadbirlarda ishtirkochilarga zilzila oldidan, zilzila vaqtida va undan so‘ng to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlar ishchi-xodimlarning favqulodda holatlarda ongli harakat qilishi, xavfsizlik madaniyatini oshirish va jamoaviy mas’uliyatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Batafsil
img

23.10.2025

ZAMONAVIY VA SIFATLI IDISHLAR

“Bekobod Emal” MCHJ ishchi-xodimlari zamonaviy sirlangan idishlarga bo‘lgan talabni qondirib, iste’molchilarga yuqori sifatli va o‘ziga xos dizayndagi mahsulotlarni taqdim etmoqda. O‘tgan oyda korxonada 11 404 890 ming so‘mlik amaldagi narxlardagi mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan reja 100,6 foizga bajarildi. Jamoa mahsulot sifati va dizaynini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 

Batafsil
img

22.10.2025

Kombinatda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkazilmoqda

“O‘zmetkombinat” AJda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkazilmoqda. Bo‘linmalarda zilzila oldidan, vaqtida va undan so‘ng qanday harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar berilayotgan seminar va treninglar tashkil etilayapti.

 

 
Batafsil
img

22.10.2025

SHAFFOFLIK VA ISHONCH: TIZIMLI YONDASHUV

"O‘zmetkombinat" AJda korporativ etikani mustahkamlash va korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Ishchi-xodimlarga manfaatlar to‘qnashuvi holatlarida o‘zini qanday tutish qoidalari, sovg‘a berish va qabul qilish tartibi hamda firibgarlikka qarshi kurash choralari tushuntirilmoqda. Ushbu uchrashuvlar ishonchni mustahkamlaydi va korporativ madaniyat rivojiga xizmat qiladi.

Batafsil
img

21.10.2025

Diktant tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Metallurglar madaniyat saroyida bugun nishonlanayotgan O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan diktant tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zmetkombinat” AJning Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir nafaqat savodxonlikni sinovdan o‘tkazish, balki milliy madaniyat, birlik va faxr timsoli bo‘lgan o‘zbek tiliga chuqur hurmat ifodasi bo‘ldi.
Tanlovda kombinatning turli bo‘linmalaridan faoliyat yuritayotgan 20 nafardan ortiq  ishchilar ishtirok etishdi. Har bir ishtirokchi topshiriqqa qiziqish va ilhom bilan yondashib, nafaqat bilimini, balki davlat tiliga bo‘lgan samimiy e’tiborini namoyon etdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Kombinat markaziy laboratoriyasi (KML) laboranti Durdona Nasridinova egalladi.
Ikkinchi o‘rinni esa KMLning metallografiya laboratoriyasi muhandisi Dildora Yoqubova hamda Mahsulot sifati va standartlarga rioya etilishi nazorat xizmati xodimi Zulayho Abduqodirova ko‘lga kiritishdi.
Uchinchi o‘ringa esa KMLning uchastka bodhlig‘i Nigora Abdurasulova sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, faxrli uchlikning barchasi Kombinat markaziy laboratoriya vakillari bo‘ldi.
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Batafsil