Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KOMBINATDA “YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DAVOM ETMOQDA

11.12.2025 11.12.2025 149

    

Mamlakatimizda har yili an’anaviy ravishda 1-dekabrdan 30-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazib kelinmoqda. 

Shu munosabat bilan “O‘zmetkombinat” AJning tarkibiy bo‘linmalarida ham qator tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Jumladan, Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida ham mutaxassislar ishtirokida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar ishchi-xodimlarga qish mavsumida elektr va isitish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berishdi. 

Tadbir ishtirokchilari ishlab chiqarish hududida yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillar, yong‘in kelib chiqqan taqdirda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari, shaxsiy muhofaza va jamoaviy xavfsizlik choralari haqida to‘liq ma’lumotlar olishdi. 

Ushbu uchrashuvda ishlab chiqarish hududlaridagi yong‘in xavfi darajasini kamaytirish, xodimlarda ogohlik va mas’uliyatni oshirish maqsadida amaliy ko‘rgazmalar, yong‘in o‘chirgich uskunalaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

 

0

(0 ovoz)