Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

SAYYOR QABUL BO‘LIB O‘TDI

11.12.2025 11.12.2025 179

    

"O‘zmetkombinat" AJning Toshkent shahrida joylashgan "Ikkilamchi qora metallar" filialida sayyor qabul o‘tkazildi. Uchrashuv filial rahbari Abdusamad Toshmamatov boshchiligida tashkil etildi. Tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi hamda Xodimlarni boshqarish departamenti mutaxassislari ishtirok etdi. 

Qabul jarayonida ishchi-xodimlar boshqa ish joyiga o‘tish, ishga qabul qilish, sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar berish, moddiy yordam masalalari kabi qator dolzarb savollar bilan murojaat qildilar. Har bir murojaat ko‘rib chiqilib, ishchi-xodimlarga belgilangan tartibda tegishli tushuntirishlar va huquqiy ma’lumotlar berildi. Qabul yakunida bildirilgan har bir masala bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash va amaliy chora-tadbirlar ko‘rish belgilandi.

 

0

(0 ovoz)