Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT”NING MADHIYASI YARATILDI

12.12.2025 12.12.2025 62

“O‘ZMETKOMBINAT”NING MADHIYASI YARATILDI

Bu madhiyamiz korxonaning kuchi, tariximiz, mehnatsevar jamoamiz va kelajakka bo‘lgan ishonchimizning ramzi.

Keling, ushbu madhiyani birgalikda yodlaymiz va kelgusida yirik tadbirlar, yig‘ilishlar va faxriy marosimlarda baralla ijro etamiz.

          Bekobodning  mag‘rur  shamoli
           Qalbda jasoratni tebratar. 
           Azim chinorday kurkam vikorli
          Dilda g‘urur xissin   uyg‘otar. 
 
          Metindayin bilaklari bor
           Botir ishchi, olov qalblarning
        Xar po‘latda shonli izi bor
          O‘sha chayir qadoq qo‘llarning
 
          Mehnatkashlar ardog‘da bunda
        Bir oila bo‘lib jonu tan 
         Barakaning ildizi shunda
        Sizlar bilan ko‘ksi tog‘ Vatan. 
 
         Ustozlaru shogird jamul jam
         An’analar bunda mujassam
          Bekobodning dovrug‘i sensan
         Kombinatim bo‘lma aslo kam
 
          Davom yetar xar bosgan izi
         Qirq xunarli o‘g‘ilu qizi
          Olovlarda toblangan yuzi 
          Istiqlolning chaqnoq yulduzi
 
          Sheryurakli paxlavonlaring
          Yuragida yonadi olov
          O‘zbekiston qahramonlaring
        Tutqizmaydi xech kimga jilov
 
          O‘zbekistonim  faxri bo‘lgin, 
          Madad bo‘lgin, olovi bo‘lgin. 
         Tinchligi bor,  bu  yurtimizga, 
         Xalqimizning boyligi bo‘lgin.
                                     
         Uzmetkombinat doim olg‘a bos
         Shonu shuxrat shavkatingga mos
         Ko‘ksingni ker qaddingni bukma
         Shaxdam qadam tashlash senga xos

 

0

(0 ovoz)