Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

06.02.2026 06.02.2026 218

    

Xodimlarni boshqarish boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Normatov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul jarayonida kombinat xodimlari hamda murojaatchilar tomonidan ijtimoiy va mehnat munosabatlariga oid bir qator masalalar ko‘tarildi. Xususan, moddiy yordam ajratish, boshqa ish joyiga o‘tkazish, mavjud mehnat munosabatlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, “O‘zmetkombinat” AJ bilan mehnat shartnomasi tuzish bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.

Bildirilgan barcha murojaatlar sayyor qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida, amaldagi qonunchilik talablari, ichki me’yoriy hujjatlar hamda belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqildi.

Ayrim murojaatlar yuzasidan murojaatchilarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi masalalar esa belgilangan tartibda tegishli bo‘lim va xizmatlarga ijro uchun yo‘naltirildi.

Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra mas’ul tarkibiy bo‘linmalarga aniq topshiriqlar berilib, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.

 

5.00

(1 ovoz)