Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT”DA QAYTA TAYYORLASH O‘QUV KURSI YO'LGA QO'YILDI

18.02.2026 18.02.2026 156

   

“O‘zmetkombinat” AJ Quyuv-prokatlash majmuasining buyurtmasiga muvofiq, 2026-yil 16–27-fevral kunlari ishlab chiqarish jarayonidan ajralgan holda xodimlar uchun “Stropalchi” kasbi bo‘yicha qayta tayyorlash o‘quv kursi tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kursi kadrlarni tayyorlash, moslashtirish va kasbiy rivojlantirish bo‘limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida tinglovchilarga zarur nazariy bilimlar berilishi bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlar orqali ularning kasbiy ko‘nikma va malakalari mustahkamlanmoqda.

Amaliy mashg‘ulotlar kombinatning tegishli tarkibiy bo‘linmalarida tashkil etilib, o‘quv jarayonida ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, texnika xavfsizligi, elektr xavfsizligi hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishi ta’minlanmoqda.

Ushbu qayta tayyorlash kursi xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, mehnat jarayonida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

4.00

(4 ovoz)