Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT”DA NAVBATDAGI QAYTA TAYYORLASH KURSI TASHKIL ETILDI

03.03.2026 03.03.2026 80

    

Korxonamizda mehnat xavfsizligini ta’minlash hamda ishlab chiqarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida “Bosim ostida ishlovchi sig‘imlar bilan ishlashga ruxsat” mavzusida maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kursi Kadrlarni tayyorlash, moslashtirish va kasbiy rivojlantirish bo‘limi tomonidan o‘tkazildi. Unda Quyuv-prokatlash majmuasida faoliyat yuritayotgan tegishli kasb egalari ishtirok etib, o‘z bilim va malakalarini oshirdilar.

Kurs davomida ishtirokchilar bosim ostida ishlovchi sig‘imlarning turlari va texnik xususiyatlari, xavfsizlik qoidalari hamda me’yoriy talablar, avariya holatlarining oldini olish choralari, ishlashga ruxsat berish tartibi va hujjatlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mashg‘ulotlar nazariy va amaliy qismlardan iborat bo‘lib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday o‘quv kurslari ish joylarida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish va xodimlarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

 

0

(0 ovoz)