Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT”DA RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

05.03.2026 05.03.2026 115

    

“O‘zmetkombinat” AJda Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev tomonidan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida korxonada yoshlar bandligini ta’minlash, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda yosh mutaxassislarni ishga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan mehnat sharoitlari, kasb-hunar egallash va malakasini oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ayniqsa ishga joylashish, bo‘sh ish o‘rinlari va kelgusidagi ish faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularni korxona faoliyatiga keng jalb etish bo‘yicha muhim fikr va takliflar ilgari surildi.

 

4.00

(2 ovoz)