Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“Bekobod Emal” MCHJ ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajarmoqda

25.06.2026 25.06.2026 60

   

“Bekobod Emal” MCHJ jamoasi ko‘p yillik tajribasi, yuksak malakasi va fidokorona mehnati bilan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini barqaror ta’minlab, buyurtmachilar talabini o‘z vaqtida va sifatli qondirib kelmoqda.

Bugungi kunda korxonada uch xil o‘lchamdagi laganlar, turli hajm va ko‘rinishdagi choynaklar, kastryulkalar hamda sirlangan kosalar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlar zamonaviy talablar asosida tayyorlanib, yuqori sifati bilan iste’molchilar e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

Korxona mahsulotlari nafaqat ichki bozorda, balki xorijiy mamlakatlarda ham katta talabga ega. Xususan, Moldova, Latviya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlariga mahsulotlar eksport qilinmoqda.

Bu esa “Bekobod Emal” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifati, ishonchliligi hamda xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini yaqqol namoyon etmoqda. Korxona jamoasi ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

 

0

(0 ovoz)