Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

O‘ZMЕTKOMBINAT" AJ MЕHNAT JAMOASI KONFЕRЕNSIYASI

16.03.2024 16.03.2024 478

       Konferensiyada 2023-yilda jamoa shartnomasi va uning ilovalarining bajarilishi bo‘yicha "O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor Rashid Pirmatov hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayevalar ma'ruza qilishdi. Ularning kombinatning ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalari to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.

       Konferensiyada 2023-yilda jamoa shartnomasi va uning ilovalarining bajarilishi bo‘yicha "O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor Rashid Pirmatov hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayevalar ma'ruza qilishdi. Ularning kombinatning ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalari to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.Shuningdek, konferensiyada Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi boshlig‘i Qobuljon Rasulov, Navli prokatlash bo‘linmasi kasaba uyushmasi raisi Abduvosid Ergashev, Rangli metallar ishlab chiqarish bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Egamberdiyevlar so‘zga chiqishdi.

Ular o‘z bo‘linmalarida jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan barcha bandlar to‘liq bajarilganligini aytib o‘tishdi.Konferensiyada "O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari – Umumiy masalalar bo‘yicha direktor Akmal Sharipov jamoa shartnomasi va uning ilovalarining 2023-yilda bajarilishi to‘g‘risidagi dalolatnomasi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.Konferensiyada kun tartibiga kiritilgan boshqa bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi.Konferensiya davomida ishtirokchilardan kelib tushgan savollarga Boshqaruv raisi – Bosh direktor Rashid Pirmatov, Bekobod shahar hokimi Nasrullo Boboyev hamda kombinat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayevalar batafsil javob berdilar.

Konferensiyada O‘zbekiston Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari Kasaba uyushmalari Respublika Kengashi raisi, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi" Ahmadjon Haqulov so‘zga chiqib, mamlakatimizda kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida ma'ruza qildi."O‘zmetkombinat" AJ mehnat jamoasining 2023-yilda jamoa shartnomasi va uning ilovalarining bajarilishi qoniqarli deb baholandi.

   

 

 

 

 

0

(0 ovoz)