Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar /

MUKOFOTLAR MUBORAK!

11.03.2024 11.03.2024 171

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni asosida "O‘zmetkombinat" AJning Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi kran mashinisti Shahnoza Patxitdinova "Shuhrat" medali bilan, Ijroiya apparati Yuridik departamentida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ko‘p yillar fidokorona mehnat qilgan Roza Ismoilova "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Ovqatlanish kombinati boshlig‘i Marhabo Holiqova Prezidentimizning tabriknomasini oldi. Matbuot xizmati boshlig‘i Sarvinoz Sheraliyeva esa O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Bugun Ijroiya apparati majlislar zalida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda "O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor Rashid Pirmatov so‘zga chiqib, mana shunday mukofotlar bilan taqdirlangan ayollarimizni chin yurakdan tabrikladi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar qahramonlarimizga o‘zlarining eng yaxshi tilaklarini bildirishdi. Shaxnoza Patxitdinova va Roza Ismoilovaga kombinat rahbariyati hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan milliyligimiz ramzi chopon va do‘ppi kiydirildi hamda qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda