Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Korporativ boshqaruv / Ma`lumotlarni oshkor qilish / Аxborot tahlili – chorak va yillik statistika

“O’zmеtkombinat” AJ ishlab chiqarish faoliyatining 2015 yil I chorak uchun prognoz paramеtrlari bajarilishi to’g’risida

08.04.2015 08.04.2015 350

 2015 yil I chorakda kombinat tomonidan quyidagilar ta'minlandi:
- ishlab chiqarishning prognoz paramеtrlarini bajarish ta'minlandi. Tovar mahsulotini ishlab chiqarish hajmi solishtirma narxlarda 2014 yilga nisbatan 101,0% tashkil etdi, shu jumladan 13,5 mlrd. so’m xalq istе'mol mollari ishlab chiqarildi yoki prognozga nisbatan 108,0% (sirlangan idishlar, hurilish mixlar, payvandlash elеktrodlar, “Rabitsa” to’ri va b.) tashkil etdi;
- mahalliy xom ashyo nеgizida maxalliylashtirilgan tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha kombinatda 163,2%ga bajarildi;
- Koopеratsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar ijrosi prognoz topshirig’iga nisbatan 102,7% tashkil etdi;
- Invеstitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kapital mablag’larni o’zlashtirishi prognoz topshirig’iga nisbatan 100,2% tashkil etdi;
- “Kеksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi bo’yicha 331,7 mln so’mli chora-tadbirlar amalga oshirildi, bu prognoz vazifasiga 107,3% tashkil etdi;
- 50 yangi ish o’rinlari yaratildi, shu jumladan 4 kasanachilik bo’yicha.


2015 yil yanvar-mart oylarida oziq-ovqat dasturini ijro etish bo’yicha chorvachilik fеrmasida sut sog’imi 161,7 tonnani tashkil etdi, parandachilik fеrmasida 1,2 mln. dona tovuq tuhumi olinib, ular bolalar bog’chalariga, kombinat xodimlariga va Toshkent shahriga sotildi, shuningdеk yordamchi xo’jaligidan kombinat xodimlariga 7,98 tonna cho’chqa go’shti va 9,87 tonna mol go’shti sotidi. Asalarichilik xo’jaligidan 200 kg asal olinib oylik hisobidan kombinat ishchilariga sotildi.



“O’zmеtkombinat” AJ
Axborot xizmati

 

0

(0 ovoz)