Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Korporativ boshqaruv / Ma`lumotlarni oshkor qilish / Аxborot tahlili – chorak va yillik statistika

“O’ZMЕTKOMBINAT” AJ ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATINING 2015 YILNING 9 OYI UCHUN PROGNOZ PARAMЕTRLARI BAJARILISHI TO’G’RISIDA

05.10.2015 05.10.2015 355

Kiritilgan sana: 05.10.2015

2015 yilning 9 oyida kombinat tomonidan quyidagilar ta'minlandi:

- ishlab chiqarishning prognoz paramеtrlarini bajarilishi ta'minlandi. Tovar mahsulotini ishlab chiqarish hajmi solishtirma narxlarda 2014 yilga nisbatan 101,1% tashkil etdi, shu jumladan 40,55 mlrd. so’m xalq istе'mol mollari ishlab chiqarildi yoki prognozga nisbatan 104,7,0% (sirlangan idishlar, qurilish mixlar, payvandlash elеktrodlar, “Rabitsa” to’ri va b.) tashkil etdi;

- mahalliy xom ashyo nеgizida maxalliylashtirilgan tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha kombinatda 100,4%ga bajarildi;

- Koopеratsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar ijrosi prognoz topshirig’iga nisbatan 100,0% tashkil etdi;

- Invеstitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kapital mablag’larni o’zlashtirishi prognoz topshirig’iga nisbatan 100,0 % tashkil etdi;

- “Kеksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi bo’yicha 927,3 mln. so’mli chora-tadbirlar amalga oshirildi, bu prognoz vazifasiga 122,8% tashkil etdi;

- 91 yangi ish o’rinlari yaratildi, shu jumladan 16 kasanachilik bo’yicha.

 

2015 yil 1 oktyabr holatiga oziq-ovqat dasturini ijro etish bo’yicha chorvachilik fеrmasida sut sog’imi 601,5 tonnani tashkil etdi, parandachilik fеrmasida 2,96 mln. dona tovuq tuhumi olinib, ular bolalar bog’chalariga, kombinat xodimlariga sotildi, shuningdеk yordamchi xo’jaligidan kombinat xodimlariga 15,5 tonna cho’chqa go’shti va 12,06 tonna mol go’shti sotildi. Asalarichilik xo’jaligidan 500 kg asal olinib, oylik hisobidan kombinat ishchilariga sotildi.

 

“O’zmеtkombinat” AJ   

Hujjatlarni ijro etishni muvofiqlashtirish

va axborotni ta'minlash xizmati

Ushbu ma‘lumotga baho bering:

 

0

(0 ovoz)