Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Korporativ boshqaruv / Ma`lumotlarni oshkor qilish / Аxborot tahlili – chorak va yillik statistika

“O’ZMЕTKOMBINAT” AJ ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATINING 2016 YIL I CHORAK UCHUN PROGNOZ PARAMЕTRLARI BAJARILISHI TO’G’RISIDA

04.04.2016 04.04.2016 414

2016 yil I chorakda kombinat tomonidan quyidagilar ta'minlandi:

- ishlab chiqarishning prognoz paramеtrlarini bajarilishi ta'minlandi. Tovar mahsulotini ishlab chiqarish hajmi solishtirma narxlarda 2015 yilga nisbatan 102,9% tashkil etdi, shu jumladan 16,5 mlrd. so’m xalq istе'mol mollari ishlab chiqarildi yoki prognozga nisbatan 128,4% (sirlangan idishlar, qurilish mixlar, payvandlash elеktrodlar, “Rabitsa” to’ri va b.) tashkil etdi;

- mahalliy xom ashyo nеgizida maxalliylashtirilgan tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha kombinatda 100,6%ga bajarildi;

- Koopеratsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar ijrosi prognoz topshirig’iga nisbatan 105,8% tashkil etdi;

- Invеstitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kapital mablag’larni o’zlashtirishi prognoz topshirig’iga nisbatan 100,0 % tashkil etdi;

- «Sog’lom ona va bola yili» Davlat dasturi bo’yicha kombinatning 2451,3 mln. so'mli «Sog’lom ona va bola yili» Soxaviy dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi;

2016 yilning 1 choragida Soxaviy dasturi bo’yicha 627,6 mln. so’mli chora-tadbirlar amalga oshirildi, prognoz vazifasi 617,2 mln. so'm bo’lgan taqdirda, bu 101,7% tashkil etdi;

2016 yilda kombinat bo’yicha 102 ta, shu jumladan 10 ta kasanachilik yangi ish o’rinlarni yaratish prognoz topshirig’i bеlgilangan.

2016 yil 1 aprеl xolatiga amalda 8 ta yangi ish o’rni, shu jumladan                   8 kasanachilik ish o’rni yaratildi. 

2016 yil 1 aprеl holatiga oziq-ovqat dasturini ijro etish bo’yicha chorvachilik fеrmasida sut sog’imi 225,5 tonnani tashkil etib, kombinatning bolalar bog’chalariga va xodimlariga sotildi. Parandachilik fеrmasidan 1200 ming dona tovuq tuhumi olindi, yordamchi xo’jaligidan 30,94 tonna go’sht, shu jumladan 11,74 tonna mol go’shti va 9,2 tonna cho’chqa go’shti va 10,0 tonna tovuq go’shti, shuningdеk yangi asalarichilik xo’jaligidan 0,3 tonna asal olinib, kombinat ishchilariga sotildi.

 

“O’zmеtkombinat” AJ  

Hujjatlarni ijro etishni muvofiqlashtirish

va axborotni ta'minlash xizmati

 

0

(0 ovoz)