Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KATTA AHAMIYATGA EGA

01.01.2024 01.01.2024 387

     Qora metall parchalari va chiqindilari – metallurgiya sanoati uchun asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. Shu sababli qora metall parchalarini yig‘ish katta ahamiyatga ega. "O‘zmetkombinat" AJning qora metall chiqindilarini tayyorlovchi va yetkazib beruvchi "Ikkilamchiqorametallar" departamenti zimmasiga yuklangan vazifalarni mas'uliyat bilan bajarib kelmoqdа. 

     Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda "O‘zmetkominat" AJning 13 ta filiali, 37 uchastkasi mavjud. Ularning sa'y-harakatlari evaziga yil davomida kombinatga qora metall chiqindilarini yetkazib berishda uzilishlar bo‘lmaydi. Filiallar tomonidan korxona va tashkilotlar, shuningdek, aholidan qabul qilingan qora metall parchalari va chiqindilari qayta ishlanib, kombinatimizga yuboriladi. Har yili filiallar tomonidan kombinatga o‘rtacha hisobda 700 ming tonna miqdorida qora metall parchalari va chiqindilari yetkazib berilmoqda. Filiallarning mana shunday fidokorona mehnati evaziga kombinatning ishlab chiqarish jarayoni bir maromda ketmoqda.

     Filiallarning moddiy texnik bazasini yaxshilash, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash maqsadida modernizatsiya dasturi asosida har yili turli texnika va uskunalar sotib olinmoqda. Bularga so‘nggi yillarda xarid qilingan press uskunalari, yuklovchi transportlar, elektron avto va temir yo‘l tarozilarini misol qilish mumkin. Shu bilan birga ma'lumotlar almashinuvida tezkorlikni ta'minlash, tegishli nazoratni amalga oshirish va ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan muammolarning o‘z vaqtida yechimini topish uchun filiallar yagona tarmoq orqali kombinatda foydalaniladigan 1С dasturiga integratsiya qilingan.

     Shu bilan bir qatorda mavjud uskuna va texnikalar sozligini ta'minlash va ulardan oqilona foydalanish maqsadida kombinatning Temir yo‘l, Bosh mexanik va Bosh energetik xizmatlarida mobil guruhlar tashkil etilgan. Ushbu guruhlar tomonidan belgilangan reja-jadval asosida ta'mirlash ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

 

0

(0 ovoz)