Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar /

KAPITAL TA'MIRLANDI

06.01.2024 06.01.2024 154

Kombinatning Navli prokatlash bo‘linmasida 2023-yilning 28-dekabr kunidan joriy yilning 5-yanvar kuniga qadar kapital ta'mirlash ishlari olib borildi.

Ushbu jarayonda bo‘linmaning texnolog, mexanik, elektrik va energetik qismlari to‘liq ta'mirlandi. Kapital ta'mirlash ishlari belgilangan rejaga muvofiq muvaffaqiyatli yakunlandi.

Kapital ta'mirlash ishlarida kombinatning Elektrda po‘lat eritish, Temir-tersaklarni qayta ishlash, Ferroqotishmalar ishlab chiqarish, Zoldir prokatlash, Metallurgiya uskunalarini ta'mirlash, Elektr uskunalarni ta'mirlash, Energetika tarmoqlarini ta'mirlash, Qurilish-montaj va boshqa bir qator tarkibiy bo‘linmalar ishchi-xodimlari faol ishtirok etishdi.

Ayni paytda sifatli ta'mirdan chiqqan Navli prokatlash bo‘linmasida mahsulot ishlab chiqarish bir maromda ketmoqda.

Navli prokatlash bo‘linmasi ishchi-xodimlari kapital ta'mirlash ishlarida qatnashgan barcha tarkibiy bo‘linmalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda