Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KAMOLOT VA BILIM MANBAI

09.01.2024 09.01.2024 401

    Inson kamoloti va bilimining manbai kitob bilan bog‘liq. U insonni komillik sari yetaklaydi. Kitob inson bilimini oshiradi, dunyoqarashini boyitadi, nutqini o‘stirib, xotirasini mustahkamlaydi. Zero, kitob bilan oshno bo‘lganlardan yaxshi insonlar, zo‘r mutaxassislar yetishib chiqadi. Ana shunday insonlar tufayli davlatlar taraqqiy etib boradi.

   "O‘zmetkombinat" AJ Ilmiy-texnik kutubxonasida kitobxonlar uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan. Kutubxona kompyuter va boshqa ofis jihozlari: mebellar, konditsionerlar, stol lampalari kabi zarur vositalar bilan to‘liq jihozlangan.

 

   Kombinat rahbariyatining ko‘magi tufayli kutubxona bosqichma-bosqich kitoblarning elektron shaklini takomillashtirib bormoqda. O‘quv zalida oltita simsiz monoblok o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida jahon elektron axborot resurslaridan foydalanib, zarur ma'lumotlarni olish mumkin.

   Hozirgi kunda kutubxonadagi 18 o‘rinli o‘quv zali, o‘quv va texnik adabiyotlar beriladigan ma'lumotnoma-axborot hamda ensiklopedik fondlar kitobxonlar xizmatida.

   Kutubxona bugungi kunda o‘zbek, rus va xorijiy tillardagi 37 226 nusxadan ortiq metallurgiya va boshqa sohalarga oid adabiyotlardan iborat kitob fondiga ega. Shu jumladan, 300 nusxaga yaqin ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar mavjud. Bundan tashqari, kutubxonada 2000 donadan ortiq elektron shakladagi texnik kitoblar bor. Shuningdek, unda yillik turli jurnal va gazetalar to‘plami bilan ham tanishish mumkin.

   Ilmiy-texnik kutubxonaga bugungi kunda 3 600 nafardan ortiq metallurglarimiz a'zo bo‘lishgan. Ishchi-xodimlar o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lishida ushbu kutubxonaning o‘z o‘rni bor, albatta.

 

 

0

(0 ovoz)