Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar /

MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI

12.01.2024 12.01.2024 170

Metallurglar madaniyat saroyida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirini "O‘zbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining o‘rinbosari - umumiy masalalar bo‘yicha direktor Akmal Sharipov o‘zining nutq so‘zlari bilan ochib, bayram bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etdi.

Тadbirda kombinatimizni uzoq yillardan buyon mardonavor himoya qilib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism, Idoraviy harbiylashtirilgan qorоvullik, Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish departamenti hamda "O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limlari xodimlari barchaga namuna bo‘layotgan samarali mehnat faoliyatlari, kombinatimiz ravnaqiga, erishilayotgan yutuqlariga qo‘shayotgan munosib hissalari uchun Boshqaruv raisi o‘rinbosari - umumiy masalalar bo‘yicha direktor Akmal Sharipov va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayeva tomonidan "Tashakkurnoma" hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Bayram tadbirida Metallurglar madaniyat saroyining ijodiy jamoasi tomonidan namoyish etilgan bayram konserti uning qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda