Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

ISTIQBOLLI LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI

16.01.2024 16.01.2024 377

"O‘zmetkombinat" AJning Yagona logistika markaziga qarashli Temir yo‘l xizmati jamoasi zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sharaf bilan bajarib, muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Temiryo‘lchilarimiz kombinatga eng zarur xomashyolar, temir-tersak parchalari hamda asbob-uskunalarni o‘z vaqtida yetkazib berishmoqda.

Temir yo‘l xizmati jamoasi joriy yilda ham harakat tarkibining butligini saqlash va xavfsizligini ta'minlash maqsadida bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirib olishgan.

Jumladan, kombinatga qarashli 25 dona vagon xizmat muddatini uzaytirish uchun kapital ta'mirlash ishlarini olib borish ko‘zda tutilgan. Loyiha smeta hujjatlariga asoslangan holda 6,9 km. masofadagi kombinat tashqi temir yo‘llarini qurish uchun loyiha ishlab chiqilmoqda. Depo uchun zarur hisoblangan texnologik qurilmalar bilan jihozlash ham rejaga kiritilgan.

Shuningdek, 1 dona teplovozni kapital ta'mirlash, 3 dona teplovozni esa joriy ta'mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan. Bundan tashqari, Quyuv-prokatlash majmuasi loyihasi doirasida qurilishi nazarda tutilgan yangi 843 metr uzunlikdagi temir yo‘lni o‘z kuchi bilan qurishni o‘z oldilari maqsad qilib olishgan. Temir yo‘l xizmati tomonidan bajarilishi rejalashtirilgan ushbu ishlar orqali kombinat mablag‘larini tejab qolishga erishiladi.

          

 

0

(0 ovoz)