Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KOMBINATNING IMKONIYATLARI YETARLI

23.01.2024 23.01.2024 380

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining ko‘lami joylarda foydalanishga topshirilayotgan yangidan yangi obyektlar, zamonaviy turar-joylar misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Binobarin, kunda kunora yurtimizning qaysidir manzilida yangi turar joy yoki ishlab chiqarish obyekti qurib bitkazilganiga oid xabarlarni eshityapmiz, ko‘ryapmiz, o‘qiyapmiz.

Bunyodkorlik ko‘lami kengaygani sayin "O‘zmetkombinat" AJda ishlab chiqarilayotgan prokat mahsulotlariga bo‘lgan talab yanada ortib bormoqda. 2023-yilda kombinatda 920,7 ming tonna po‘lat eritildi. Bu mahsulotning 822,9 ming tonnasi Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasida, 97,7 ming tonnasi "LI DA metall" korxonasida ishlab chiqarildi.

O‘tgan yili kombinatda rejada belgilangan 1 million 20 ming tonna o‘rniga 1 million 28 ming tonna prokat mahsulotlari tayyorlandi. Bu mahsulotlarning aksariyati Navli prokatlash va Zoldir prokatlash bo‘linmalarida ishlab chiqarildi. Har ikkala bo‘linma ham yillik rejalarini ziyodi bilan bajardi. Shuningdek, rangi metallar ishlab chiqarishda ham yillik rejalar ziyodi bilan ado etildi. Kombinatda 120,5 milliard so‘mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi.

Kombinat mahsulotlarini eksport qilish rejasi ham oshig‘i bilan bajarildi. Bu esa mahsulotlarning jahon andozalari talablariga to‘liq mos ekanligidan darak beradi. 2024-yilda ham eksportbop va import o‘rnini bosadigan, jahon bozorlarida raqobatbardosh, zamonaviy iste'mol bozori talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, bu orqali esa katta miqdordagi valyutani tejash, mahalliy xomashyo va mineral resurslardan foydalanishda innovatsion yondashuvlarni keng tatbiq etish bekobodlik metallurglarning asosiy vazifalaridir. Mazkur yo‘nalishda kombinatning imkoniyatlari yetarli.

 

0

(0 ovoz)