Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

"JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT"

05.04.2024 05.04.2024 333

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining "O‘zmetkombinat" AJdagi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Navli prokatlash bo‘linmasi faollar zalida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Bekobod shahar bosh imom xatibi Ergashboy Hamidov jahonning ayrim mintaqalarida avj olayotgan murakkab jarayonlar haqida to‘xtalar ekan, yurtimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilayotganini e'tirof etdi. Yosh avlodni ma'nan barkamol, sog‘lom e'tiqod va oliyjanob maqsadlar egasi etib tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta'siridan asrab-avaylash dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta'kidladi.

Shuningdek, diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Bekobod shahar bosh mutaxassisi Bahrulla Valiyev ilmsizlik va jaholat – jamiyatimizning eng katta dushmani, ayni paytda jamiyat uchun katta ofat ekanligi va uni faqat ma'rifat urug‘i bilan yengish mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Buning uchun esa barchamiz irodali bo‘lib, ilm olib, maqsad sari intilmog‘imiz lozim. Zero, jaholatga qarshi kurashda ma'rifat bilan javob berish lozimligini ham qo‘shib qo‘ydi.

Davra suhbati davomida Bekobod shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Haydarov yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash ularni yot g‘oyalardan himoya qilish, ayniqsa, qo‘l telefonlaridan va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish kerakligini aytib o‘tdi.

Tadbir yakunida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining "O‘zmetkombinat" AJ boshlang‘ich tashkiloti raisi Davlat Xolmurodov partiyaning yangi a'zolariga guvohnomalarni tantanali ravishda topshirdi.

            ​​​​​​​

 

0

(0 ovoz)