Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

"Milliy libos - millat qiyofasi" nomli chellenj

17.04.2024 17.04.2024 379

Azal-azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas, adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Uning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, har qanday faslda ham bahoriy kayfiyatni baxsh etadi.

"Xon atlas" festivali munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan yurtimizning barcha hududlaridagi mahallalar, vazirlik va idoralarda, korxona hamda tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ayollarimizning milliy liboslarda ishga kelishi bo‘yicha tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu festivalning shukuhi "O‘zmetkombinat" AJ xotin-qizlarining mazkur haftalikni milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan atlas va adras liboslarda, yuqori kayfiyatda, fayzli o‘tkazishlariga sabab bo‘lmoqda. Xususan, kombinat Ijroiya apparati xotin-qizlari milliy qiyofamizning betakror namunasi bo‘lgan "Xon atlas" festivalida faol ishtirok etishmoqda.

          

 

5.00

(1 ovoz)