Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

BITIRUVCHI O‘QUVCHILAR UCHUN SEMINAR TASHKIL ETILDI

02.05.2024 02.05.2024 384

Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tashabbusi bilan Bekobod shahar kasb-hunar maktabi bitiruvchi o‘quvchilari uchun Toshkent viloyati bo‘yicha Davlat mehnat nazorati inspeksiyasining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori O‘ktam O‘sarov, "Olmaliq KMK" AJ qoshidagi kon-texnika inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Zahriddin Berdiqulov hamda "O‘zmetkombinat" AJ Sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Madmarovlar ishtirokida "28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan foydali seminar tashkil qilindi.

Seminarda bitiruvchi yoshlarga sanoat korxonalari yoki tashkilotlarga ishga kirishlaridan oldin mehnat muhofazasi yuzasidan tushuncha va ko‘nikmalar berildi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ish beruvchi hamda xodimning huquq va majburiyatlari haqida batafsil aytib o‘tildi. Shuningdek, ish joyida yuzaga keladigan zararli omillardan o‘zini qanday himoyalash mumkinligi misollar bilan tushuntirildi. Tadbirda o‘quvchilar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

Tadbir so‘nggida mana shunday seminarni tashkil etgan mehmonlarga maktab ma'muriyati tomonidan "Tashakkurnoma"lar taqdim etildi.

              

 

0

(0 ovoz)