Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

"O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor Rashid Pirmatovning bayram tabrigi.

18.05.2024 19.05.2024 654

 

Aziz metallurglar, qadrli mehnat faxriylari, bekobodliklar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Bu yil o‘zining 80 yillik yubileyini nishonlayotgan O‘zbekiston metallurgiya kombinati davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining katta xissasini qo‘shib kelmoqda. O‘tgan davrda korxonamizda ko‘plab o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yangi-yangi sexlar ishga tushirildi. Minglab yoshlar mehnatda toblandi. Qator Mehnat qahramonlari yetishib chiqdi. Ko‘plarga vatanimizning yuksak mukofotlari topshirildi.

Endilikda Bekobodda minglab ishchi va mutaxassislarning fidokorona mehnati tufayli rivojlangan ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmasini o‘zida mujassam etgan, mamlakatimizning yetakchi sanoat korxonalaridan biri qad rostladi. Bu O‘zbekiston metallurgiya kombinatidir.

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda, xalqimizning farovonlikka erishib borishida metallurgiya sanoati muhim o‘rin tutadi. Yurtimizning qaysi joyida bo‘lmang, metallurglarning mehnati bilan yaratilgan mahsulotlarga ko‘zingiz tushadi. Zamonaviy binolar, yirik inshootlar, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari – barcha barchasi “O‘zmetkombinat” AJda tayyorlangan prokat mahsulotlari bilan qad roslamoqda.

Barchamiz guvohi bo‘lib turibmiz, davlatimiz va hukumatimiz tomonidan kombinatga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oxirgi yilllarda muhtaram yurtboshimizning kombinatga shaxsan uch marotaba kelishlari bizga nisbatan bo‘layotgan g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kombinatimizning ishlab chiqarish quvvati va moliyaviy-iqtisodiy holatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini belgilab berdi. Aynan shundan so‘ng “O‘zmetkombinat”da ulkan bunyodkorlik ishlarining yangi davri boshlandi.

Oldinda bizni yangi loyihalar, yangi taraqqiyot dasturlari, jiddiy investitsiyalar kutmoqda. Biz yangi ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy qilib, o‘zlashtirmoqdamiz. Ulardan biri mamlakatimizda yirik bo‘lgan investitsiya loyihasi – Quyuv-prokatlash majmuasi qurilishini amalga oshirmoqdamiz. Bu majmua ishga tushsa, kombinatda prokat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ikki baravarga ko‘payib, jami 2 million tonnadan oshadi.

Yangi ish o‘rinlari barpo etish, zamonaviy energiya tejovchi va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda, sifatli, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish - asosiy maqsadimiz.

Bugungi kunda kombinatimizni taraqqiy ettirish yo‘lida davrning o‘zi talab etayotgan, biz boshlagan keng ko‘lamli islohot va o‘zgarishlarni bir yoqadan bosh chiqarib, izchil amalga oshirib, oldimizga qo‘yilgan ulkan marralarga albatta erishamiz.

Qadrli metallurglar!

Sizlarni kasb bayramlaringiz bilan yana bir bor qutlar ekanman, barchangizga salomatlik va baxt, oilaviy farovonlik yor bo‘lishini, ezgu orzu-maqsadlaringiz amalga oshishini tilayman.

Sharafli va mas’uliyatli ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

 

4.00

(5 ovoz)