Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

MUSTAQILLIK - ULUG' NE'MAT

09.08.2024 16.08.2024 390

O‘zbekiston Qahramoni OLIM TO‘YCHIYEV: 

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, xalqimiz sha’ni, milliy qadriyatlari qayta tiklandi, kishilarimiz tafakkuri yangilandi. Yurtdoshlarimiz ongi-shuurida ertangi kunga bo‘lgan ishonch, mamlakat taqdiriga daxldorlik hissi kuchaydi. O‘zbekiston ana shu bosib o‘tgan davr ichida davlatimiz uchun siyosiy sohada, davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot va ma’naviyat, ijtimoiy hayot, sud-huquq tizimi, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida har tomonlama rivojlanib va yuksalib, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi.
Metallurglar shahri – Bekobodda ham amalga oshirilgan va oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zni quvnatadi.
Xususan, aholi uchun qurilayotgan ko‘p qavatli uylar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari va inshootlari, bilim maskanlari va shunga o‘xshash qanchadan-qancha ijtimoiy obyektlar qad rostladi va rostlamoqda. 
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida sanoat korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash va modernizatsiya qilish, mahalliy xomashyodan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport hajmini ko‘paytirish, yangi ishlab chiqarish inshootlarini bunyod etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalqimizda: “Birlikda baraka bor”, degan naql bor. Bugungi kunda "O‘zmetkombinat" AJda ham Davlatimiz rahbarining boshchiligida ulkan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. 
Bu esa, tabiiyki, yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimiz turmush farovonligining oshishi hamda qurilish sanoatining yanada rivojlanishi tufayli yangi ish o‘rinlarini tashkil etilishida muhim o‘rin tutadi.
Ishonchimiz komilki, “O‘zmetkombinat” AJ xodimlari ahillikda, kasbiy mahorati va fidokorona mehnati tufayli kelajakda ham Vatanimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va ravnaqi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shishda davom etadi.

 

5.00

(2 ovoz)