Bekor qilish
1
x
)Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz
bosqichni tanlaysiz
Ochiq ma`lumotlar
Ochiq ma`lumotlar
Rasmiy veb-saytda axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari ko`rsatish
Ijtimoiy ahamiyatga molik ma`lumotlar
Byudjet jarayonining ochiqligi
Ochiq ma`lumotlar portalida ma`lumotlar joylashtirish
Ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi
Korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish
Biz haqimizda
Kombinat haqida
Hamkorlik
Bizning faxrimiz
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
Manfaatlar to'qnashuvi haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish deklaratsiyalarining namunaviy shakllari
Boshqaruv Raisi-bosh direktor murojaati
Komplayens xizmatining maʼsul xodimlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar
Targ‘ibot materiallar
Korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari
Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha maʼlumot
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot
Kadrlarni tanlashda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish tizimi
Korporativ boshqaruv
Boshqaruv va nazorat organlari
Boshqaruv va nazorat organlari
Boshqaruv organlari
Nazorat organlari
Ichki hujjatlar
Ma`lumotlarni oshkor qilish
Ma`lumotlarni oshkor qilish
Sof foydani taqsimlash
"O‘zmetkombinat" AJ aksiyadorlari to‘g‘risidagi ma’lumot
Kombinat tuzilmasi
Hisobotlar
Biznes-reja
Muhim faktlar
Xabar berish shakli
Investitsion portfeli
Аxborot tahlili – chorak va yillik statistika
Boshqaruv organini mukofotlash to'g'risida ma'lumot
Korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo`yicha xulosa
Rioya qil yoki tushuntir
Affillangan shaxslar ro'yxati
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlar va emissiya risolalari
MHXS bo'yicha hisobotlar
Audit xulosasi
Aksiyadorlarga
Bizning yutuqlar
Bizning yutuqlar
Malaka oshirish
Reytinglar
Investorlarga
Investitsion jozibadorlik
Investorlar uchun aloqalar
Atrof-muhit va ISTB
E’lon
Axborot xizmati
Axborot xizmati haqida
Yangiliklar
Bizning gazetalar
Bizning gazetalar
"Metallurg minbari" gazetasi
«За металл» gazetasi
Interaktiv xizmatlar
Interaktiv xizmatlar
So`rov
Forum
Savol-javob
Eng ko'p beriladigan savollar
Obuna
Bizning jamoa
Gender tenglik
Aloqalar
Bizning manzil
Bizning rekvizitlar
Rahbarlarning qabul qilish tartibi va jadvali
Xaridorlar uchun kontaktlar
Xomashyo bilan taʼminlovchilar uchun
Aloqaga chiqish
Ishonch telefoni
Yagona telefon faoliyati
Aksiyadorlar uchun
Xorijiy investorlar uchun
Monopoliyaga qarshi komplayens
Raqobat cheklanishi haqida xabar ber
Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar
«O‘zmetkombinat» AJ Boshqaruvi raisi – bosh direktorning korxona tashkil etilganining 80 yillik yubileyi munosabati bilan tabrigi
05.11.2024
05.11.2024
369
Hurmatli metallurglar, aziz hamkasblar, hamkorlar va ishlab chiqarish faxriylari!
Sizlarning barchangizni shonli korxonamiz – “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 80 yillik yubileyi bilan chin yurakdan qutlayman.
Bugungi sana korxonamiz tarixi uchun muhim bosqich bo‘lib, bu yutuq nafaqat O‘zbekistonning metallurgiya sohasi rivojida, balki mamlakatimiz sanoat salohiyatini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.
80 yil – butun bir davr bo‘lib, bu davr mehnat, yutuqlar va zafarlar bilan yorqin xotiralarda saqlanadi. Bu davrda bekobodlik metallurglar ishga sadoqat va shijoat ko‘rsatib, ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tdilar.
“O‘zmetkombinat”ning tarixi Bekobod shahri tarixi va ko‘plab avlod ishchi, muhandis va mutaxassislarning hayoti bilan chambarchas bog‘langan. Ularning mehnatkashligi va irodasi butun yurt uchun namuna bo‘lib kelmoqda.
Kombinatimiz 1944 yilda tashkil topgan bo‘lib, bu vaqtdan beri qiyinchiliklar va zafarlar, sinovlar va muvaffaqiyatlar bilan to‘la bosqichlarni bosib o‘tdi. Urushdan keyingi tiklanish davridagi vazifalar ulkan kuch va sadoqat talab qildi. Mamlakat uchun yangi hayot qurish va iqtisodiyotni qayta tiklash uchun ishonchli metall manbalari zarur edi. U paytda korxonaning mehnat jamoasi eng yaxshi mutaxassislarni jamlab, O‘zbekistonda metallurgiya sohasining asoslarini yaratishdek murakkab, ammo sharafli vazifani o‘z zimmalariga oldilar.
Bugungi kunda “O‘zmetkombinat” AJ zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan jihozlangan yirik korxonadir. Mukammallikka intilish va yuqori malaka - muvaffaqiyatli taraqqiyotimizning muhim jihatidir.
Bugungi texnik taraqqiyot davrida zamonaviy texnologiya va innovatsion yechimlarsiz muvaffaqiyatli korxonani tasavvur etish qiyin. “O‘zmetkombinat” mutaxassislari har kuni yangi ish usullarini o‘rganib, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilishmoqda va ishlab chiqarishni zamonaviy bozor talablariga moslashtirishmoqda. Siz, aziz metallurglar, bilimga bo‘lgan ishtiyoqingiz tufayli korxonamiz doimo zamon bilan hamnafas bo‘lib, nafaqat O‘zbekistonda, balki chet elda ham ma’lum va talabgir yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotni taklif qilmoqda.
Sizning mehnatingiz va mahoratingiz xalqaro miqyosda yuqori baholanadi. Har biringiz, lavozimingizdan qat’i nazar, kombinatimiz muvaffaqiyatiga o‘zingizga xos bebaho hissa qo‘shasiz. Shu kunni munosib kutib olar ekanmiz, sizlarga sidqidildan minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Bekobod shahrining ijtimoiy rivojlanishi va uni qo‘llab-quvvatlashdagi hissangizni ham qayd etmaslikning iloji yo‘q. Korxona faoliyati davomida yangi ishlab chiqarish quvvatlari bilan bir qatorda yo‘llar, maktablar, shifoxonalar va turar joylar barpo qilindi. Sizning sa’y-harakatlaringiz Bekobodda hayotni yanada qulay va mazmunli qildi, yosh avlodga shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun sharoit yaratdi.
Bugungi kunda kombinatimizda o‘z ishini kombinat asoschilari qatoridan boshlaganlarning farzand va nabiralari mehnat qilmoqda. Bu avlodlar davomiyligini qo‘llab-quvvatlab, an’analarni saqlashda, yangi sifat va xavfsizlik standartlarini joriy etishda hissangiz kattadir.
Alohida minnatdorchilik so‘zlarimni o‘z hayotining ko‘p yillarini kombinatga bag‘ishlagan faxriylarimizga bildirmoqchiman. Siz – an’analar posbonisiz, sizdan olgan tajriba va bilimlarimiz biz uchun bebahodir. Sizlar yosh mutaxassislarni metallurglar mehnatiga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalab, ularga muhim ko‘nikmalarni o‘rgatishda yordam berasiz.
Bugun, ortga nazar tashlar ekanmiz, kuchimiz birlikda ekanligini yaxshi tushunamiz. Aynan jamoamizning yakdilligi, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va har biringizning mas’uliyat hissi tufayli, kombinatimiz rivojlanib, yuqori natijalarga erishmoqda. Biz ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tdik va kelajakka ishonch bilan qaramoqdamiz, chunki o‘z jamoamizga, sizning qobiliyatingizga va ishga bo‘lgan sadoqatingizga ishonamiz.
Oldinda bizni yanada ko‘proq yangi vazifalar kutmoqda, ularni bajarishga ishonchimiz komil! Biz innovatsiyalarni joriy etish, mahsulot sifatiga e’tibor berish va jahon bozoridagi o‘rnimizni mustahkamlashda davom etamiz. Sizning mehnatingiz va yaxshi natijalarga intilishingiz tufayli kombinatimiz yanada katta cho‘qqilarni zabt etishiga ishonaman.
“O‘zmetkombinat” AJning 80 yillik bayrami bilan chin qalbimdan har biringizni qutlayman! Sizlarga mustahkam sog‘lik, farovonlik, omad va barcha ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman.
Dilshod Axmedov,
«O‘zmetkombinat» AJ Boshqaruvi raisi – bosh direktor.
0(0 ovoz) |
||
SAYT XARITASI
BIZ HAQIMIZDA
KORPORATIV BOSHQARUV
INVESTORLARGA
BARQAROR RIVOJLANISH
ISHLAB CHIQARISH
AXBOROT XIZMATI
ALOQALAR
BO'SH ISH O'RINLARI
ONLAYN KUTUBXONA
Qoidabuzarlik va korrupsiya bo`yicha ma`lumot berish uchun telegram bot: @UMK_ANTICOR_BOT
IJROIYA APPARATI
O`zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko`chasi |
Info@uzbeksteel.uz |
Ishonch telefoni
+99871 913-16-02 |
ALOQALAR
Sotuv bo`limi:
+99 890 902 71 02 | |
+99 871 214 16 94 |
Mijozlar bilan ishlash:
Info@uzbeksteel.uz |
AXBOROT XIZMATI
O`zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko`chasi |
Info@uzbeksteel.uz |
Ma`lumot pasporti
Birinchi chop etilgan sana:
So`ngi o`zgartirilgan sana:
Ma`lumotlar to`plami nomi:
Mas`ul shaxs bilan bog`lanish: