Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

ONKOSKRINING TEKSHIRUVI O‘TKAZILDI

18.11.2024 18.11.2024 35

So‘nggi paytlarda ayollar salomatligiga g‘amxo‘rlik bir necha barobarga ortdi. Sababi ba’zi ayollar orasida turmush tarzi o‘zgarishi bilan bog‘liq kasalliklarning ko‘payishi kuzatilmoqda. Vaqt talabi – oldini olishning eng oson strategiyasini qabul qilishdir. Oldini olish erta tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida va samarali davolanishni anglatadi.

Joriy yil 14–17-noyabr kunlari Bekobod shahrida "O‘zmetkombinat" AJ xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat Xotin-qizlar boshqarmasi, Bekobod shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida tibbiy onkoskrining tekshiruvi o‘tkazildi.So‘nggi yillarda mamlakatimizda saraton kasalligini oldini olish borasida ko‘plab amaliy sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Saraton davosiz kasallik emas, faqat xastalik qancha erta aniqlanib, davolash choralari ko‘rilsa, bemorlar to‘liq bu darddan forig‘ bo‘ladi. Onkoskrining tekshiruvlari aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda. O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida teri tanosil onkologi, onkoginekolog, onkomammolog,  UZD, rengenmomografiya bo‘yicha mutaxassis shifokorlar xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.


 

0

(0 ovoz)