Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGIDA

18.11.2024 18.11.2024 42

Yurtimizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi yig‘ilishining 2024-yil 28-oktyabrdagi 2-son bayoni va Toshkent viloyati hokimining 2024 yil 29-oktyabrdagi farmoyishi ijrosini ta’minlash, qishki mavsum oldidan yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirishga qaratilgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida «O‘zmetkombinat» AJ buyrug‘i asosida joylarda tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri "O‘zmetkombinat" AJning Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi hovlisida bo‘lib o‘tdi. 
Unda mutaxassislar birinchi galda aholining yong‘in xavfsizligi masalalarida bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ularda shaxsiy xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish asosiy maqsad ekanligi haqida tushunchalar berib o‘tishdi. Shuningdek, fuqarolardan xonadondagi elektr, gaz va issiqlik ta’minoti qurilmalarini doimiy nazorat qilib borishi va ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, xonani isitishda gaz plitasidan foydalanmaslik, yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslik va ularga gaz jihozlaridan foydalanishga ruxsat bermaslik so‘raladi.

 

0

(0 ovoz)