Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“9 DEKABR XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH KUNI” MAVZUSIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

02.12.2024 02.12.2024 23

      

   Mazkur tadbirda kombinat rahbarlari, tarkibiy bo‘linma boshliqlari, Bekobod shahar hokimligidan, huquqni muhofaza qilish idoralari va sud organlari rahbarlari hamda Olmaliq maxsus prokuraturasi xodimlari, jurnalistlar ishtirok etishdi. 

   Tadbirni “O‘zmetkombinat” AJ, Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Umumiy masalalar bo‘yicha direktor Akmal Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, kombinatimizda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish, rahbar va xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Bekobod shahar Prokurori o‘rinbosari A’zam Nurutdinov “Korrupsiyaga qarshi kurashishda prokuratura organlarining o‘rni”, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudi raisi Jamshid Otaboyev “Korrupsiyaga qarshi kurashish Fuqarolik jamiyatining rivojlanishini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri”, Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Xushnud Karimov va Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi sudyasi Farhod Zokirov “Korrupsiyaga qarshi kurashishda Sud hokimiyatining o‘rni” mavzusida so‘zga chiqdilar. Shuningdek, Bekobod shahar Ichki ishlar bo‘limining tashkiliy bo‘linmasi boshlig‘i mayor, Hamidulla Alimov “Korrupsiyaga qarshi kurashishda Ichki ishlar organlarining o‘rni”, Bekobod shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i Jamshid Norqo‘ziyev “Korrupsiyaga qarshi kurashishish sohasidagi Qonunchilik islohotlari” hamda, “O‘zmetkombinat” AJ Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi bo‘lim boshlig‘i Soyibjon Dadayev “O‘zmetkombinat” AJda kadrlarni tanlash va rotatsiya qilishda korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash”, Bekobod shahar hokimi maslahatchisi Ulug‘bek Abdunazarov O‘zbekiston siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanib, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotga aylanishga intilayotgan davrda korrupsiyaga qarshi kurashish yanada dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi yuzasidan ma’ruzalar qilishdi. 

   Bu kabi tadbirlar kombinatimizning tarkibiy bo‘linmalarida ishchi-xodimlar, mutaxassislari o‘rtasida ham bo‘lib o‘tmoqda.

 

0

(0 ovoz)