Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

ENG YAXSHI RATSIONALIZATORLIK TAKLIFLAR

20.12.2024 20.12.2024 23

        

   Tadbirda 20 dan ortiq nomzod ishtirok etib o‘z loyihalarini taqdim etdilar. Tanlov qiziqarli loyihalar va munozaralarga boy bo‘ldi. Unda korxona xodimlari o‘z fikr va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar. 
   Hakamlar hay’ati har bir ishtirokchining chiqishiga katta e’tibor qaratdi. Ishtirokchilar loyihaning g‘oyasini boshqalarga aniq va to‘liq tushuntirib, savollarga erkin va aniq javob berdilar. Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini aniqlashdi. “Texnikaviy ratsionalizatorlik takliflar” nominatsiyasida Zoldir prokatlash bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari T. Nosirov birinchi o‘rinni egalladi. Uning “Ø 50mm L=7.5m doira mahsulotini ishlab chiqarishni joriy qilish” loyihasi eng yaxshi deb topildi. “Tokarlik stanoklari uchun “Kulachok kopir”, “Chashkorez” va “Derjavka” moslamalarini tayyorlash” bo‘yicha loyihani taqdim etgan Ta’mirlash mexanika bo‘linmasi muhandisi R. Rahimov ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin Zoldir prokatlash bo‘linmasi usta-mexanigi K. Hakimovga berildi. U “Zanjir halqasi” qismini ekspluatatsiya qilish resursini tiklash bo‘yicha yangi usul” loyihasi bilan tanlovda ishtirok etgan edi. “Tashkiliy ratsionalizatorlik takliflar” nominatsiyasida Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari laboratoriyasi muhandisi J. Nosirovning 1-sonli utilizatsiya qilish qozonxonasini avtomatlashtirish va boshqarish” loyihasi eng yaxshi deb topildi. Ikkinchi o‘rin Energetka bo‘linmasi yetakchi muhandisi F. Nosirovga berildi. U metodik pechning bug‘lanish sovitish tizimini takomillashtirish va Energetika bo‘linmasining №1 qozonxonasida kimyoviy tozalangan suv ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish taklifi bilan ishtirok etgan edi. Bosh energetik xizmati muhandisi T. Kovalchukning “Stansiyaning tabiiy gazni hisobga olish moslamasida magistral gaz quvurining aylanma liniyasiga hisoblagich o‘rnatish” bo‘yicha loyihasi uchinchi o‘ringa loyiq deb baholandi. 
   Tanlovda barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. G‘oliblar va sovrindorlar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

 

0

(0 ovoz)