Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

30-IYUL – XALQLAR DO‘STLIGI KUNI

30.07.2025 30.07.2025 68

   

Xalqlar do‘stligi kuni bizga ahillik, o‘zaro hurmat va madaniy xilma-xillik naqadar muhim ekani haqida yana bir bor eslatadi. Bu qadriyatlar “O‘zmetkombinat” AJ jamoasi faoliyatida har kuni o‘z aksini topmoqda.

Bu yerda, bir korxonada o‘zbeklar, ruslar, tatarlar, koreyslar, qozoqlar, tojiklar, armanlar, ozarbayjonlar va boshqa millatlar birgalikda yelkama-yelka mehnat qilmoqdalar. Ularning har biri — bir butun jamoaning ajralmas qismi bo‘lib, har kimning urf-odatlariga hurmat bilan yondashiladi va barcha bir maqsad — mamlakat ravnaqi yo‘lida mehnat qilish va kombinantni rivojlantirish uchun birlashgan.

Har bir insonning tajribasi, madaniyati va mehnatsevarligi jamoamizning kuchayishiga, muhitning esa yanada do‘stona bo’lishiga xizmat qiladi.

Barchani Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Ham ishlab chiqarishda, ham hayotda hurmat, qo‘shnichilik va ahillik har doim barqaror poydevor bo‘lib qolsin!

 

5.00

(1 ovoz)