Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Yoshlarga o‘z kasbiga muhabbat uyg‘otuvchi inson

26.09.2025 26.09.2025 51

Yosh mutaxassisning har bir muvaffaqiyatli qadami ortida, shubhasiz, ustoz turadi – u kishi o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan, qo‘llab-quvvatlagan, qiyinchiliklarni yengishda yordam bergan inson hisoblanadi. Ustoz faqat kasbiy bilimlarni emas, balki mas’uliyat, mehnatga hurmat, intizom va halollik kabi insoniy fazilatlarni ham shogirdi qalbiga jo etadi. Bunday insonlarning o‘rnini ortiqcha baholash qiyin. Chunki aynan ularning shaxsiy namunasi orqali yangi avlod metallurglari shakllanadi, kasbga bo‘lgan muhabbat va sadoqat avloddan avlodga o‘tadi.

Shu kabi murabbiylik faoliyatining yorqin namunasi – Bahodir Jumayev, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish bo‘linmasida 5-razryadli elektrgaz payvandlovchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 35-yildan ortiq vaqt mobaynida u kombinatda eng murakkab va mas’uliyatli ishlarni sidqidildan bajarib kelyapti. Ammo uning eng katta yutug‘i – bu shogirdlari. Yillar davomida Bahodir aka ko‘plab mutaxassislarni tarbiyaladi. Ular orasida bugungi kunda ustozlari kabi yoshlarga tajriba ulashib kelayotganlar ham bor.

Bahodir Jumayev o‘z ustozi Mirqurbon Ochilov haqida alohida ehtirom bilan so‘zlaydi:
«U menga bilganining barchasini o‘rgatdi. Jiddiy inson edi, lekin juda adolatli. Uning saboqlari tufayli men shunchaki payvandchi emas, balki o‘z kasbiga muhabbat bilan yondashadigan mutaxassisga aylandim», — deb eslaydi u.

Bugun esa Bahodir aka yonida yangi shogirdlari bilan mehnat qilmoqda. Suratda u o‘z shogirdlaridan biri Dinis Nazarchuk bilan tasvirlangan. Bu oddiy ish kunidan olingan lavha emas. Bu suratda avlodlar almashinuvi, kombinat o‘tmishi, buguni va kelajagini bog‘lab turuvchi ma’naviy rishtalar aks etgan.


 

 

0

(0 ovoz)