Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Mehnat faxriylariga ehtirom

26.09.2025 26.09.2025 74

Bugun Metallurglar madaniyat saroyida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayramda kombinat rahbariyati, faxriy ustoz metallurglar, ishchi-xodimlar va yoshlar ishtirok etishdi.

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi – bosh direktori Bahodir Abdullayev ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda faxriy ustozlar mehnat yo‘llari haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar, yoshlar esa ularga o’zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi.

O‘zbekiston Qahramoni, Elektrda po’lat eritish bo’linmasi katta po‘lat erituvchisi Olim To’ychiyevni tantanali ravishda pensiyaga kuzatilgani tadbirning yorqin lahzasiga aylandi. Unga milliy libos kiydirilib, tashakkurnoma, qimmatbaho sovg‘a topshirildi.

Shuningdek, yig’ilishda kombinat boshqaruvi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan mehnat faxriylariga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan qo‘shiqlar ijro etildi, samimiy tabriklar yangradi.

"O‘zmetkombinat" AJda ustozlarga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom — nafaqat an’ana, balki avlodlar uzviyligi va kasb taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

         

 

0

(0 ovoz)