Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Yong'in xavfslzligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar

26.09.2025 26.09.2025 24

"Yongʻindan ogohlik" umummilliy kampaniyasi doirasida yurtimizda turli profilaktika tadbirlari izchil ravlshda amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan "Oʻzmetkombinat" AJ OYOXTTE boʻlimi tomonidan  Quyuv-prokatlash majmuasi qurilishida mehnat qilayotgan "Renessans Avracia" qurilish firmasi ishchi-xodimlari o'rtaslda oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga qurilish jarayonida yongʻinlarning oldini olish, shuningdek, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda toʻgʻri harakat qilish tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Amaliy mashgʻulotlarda ishchi-xodimlar yongʻin sodir boʻlganda xavfsiz evakuatsiya qoidalari, yongʻin oʻchirgichlardan foydalanish tartibi hamda boshqa zaruriy choralarni oʻzlashtirdilar.

Bunday profilaktik tadbirlar nafaqat ishchi-xodimlar, balki aholining salomatligi va mulki xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

0

(0 ovoz)