Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Avtomobil transporti xodimlari kuni kasb bayrami

24.10.2025 25.10.2025 199

               

26-oktabr kuni O‘zbekistonda Avtomobil transporti xodimlari kuni nishonlanadi. Bu sana zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lgan, korxonalar faoliyati samaradorligi va aholi turmush darajasi yuksalishiga beqiyos hissa qo‘shayotgan fidoyi mutaxassislarga bag‘ishlangan bayramdir. Avtomobil transporti xodimlari yuk va yo‘lovchilarni o‘z vaqtida, xavfsiz hamda qulay tarzda manzilga yetkazib, uzluksiz ishlab chiqrish jarayonlarini ta’minlaydilar.

Haydovchi kasbi har doim yuqori mas’uliyat va talabga ega bo‘lgan soha hisoblanadi. Aynan ular xomashyo, mahsulot, uskunalar va odamlarni ularni kutayotgan joylarga yetkazib beradilar, har kuni zich ish jadvali va murakkab yo‘l sharoitida mehnat qiladilar. Kombinatning xavfsizligi va samarali faoliyati esa bevosita ularning tajribasi va diqqat-e’tiboriga bog‘liq.

“O‘zmetkombinat” AJning barqaror ishlashida Avtotransport xizmati muhim rol o‘ynaydi. Ushbu xizmat ishtirokisiz korxonaning barqaror faoliyatini tasavvur etib bo‘lmaydi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
• Avtotransportlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ta’mirlash-mexanika ustaxonasi.
• Yo‘l qurilish va texnologik maxsus texnikani ekspluatatsiya qiluvchi uchastka.
• Ishchi-xodimlar, materiallar va yuklarni tashishni tashkil etuvchi ekspluatatsiya uchastkasi.

Bugungi kunda xizmat ixtiyorida 136 dona texnika mavjud. Yillik texnik ko‘rik natijalariga ko‘ra, texnik tayyorlik koeffitsiyenti 95 foizni tashkil qilmoqda. Bu yuqori sifatli xizmat, puxta nazorat va malakali jamoa mehnatining natijasidir.

Jamoaning ishga mas’uliyat bilan yondashuvi, intizomi va ahilligi shlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlab, tashishlar xavfsizligini kafolatlaydi va ishlab chiqarishning barqarorligini saqlashga imkon beradi.

Metallurglar jamoasi nomidan Avtotransport xizmatining barcha ishchi-xodimlarini ushbu kasb bayrami bilan tabriklaymiz. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin, ishonchli texnika, sog‘lik va yangi yutuqlar Sizlarga yor bo‘lsin. Sizning mehnatingiz kompinat muvaffaqiyatining muhim omilidir.

 

0

(0 ovoz)