Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tanlov g‘oliblari taqdirlandi

28.10.2025 28.10.2025 252

Avvalroq, O‘zbekiston metallurgiya kombinatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tanlov e’lon qilingan edi. Tanlovning maqsadi korxonaning tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, atrof-muhitni muhofaza qilishni kuchaytirishdan iborat edi.

Bugun, 28-oktabr kuni, ushbu tanlov g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

1-o‘rinni “Bekobod Emal” MCHJ jamoasi qo‘lga kiritib, 20 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.

2-o‘rin “Navli prokatlash” bo‘linmasi jamoasiga nasib etdi — ular 15 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘lishdi.

3-o‘ringa esa “Elektrda po‘lat eritish” hamda “Temir-tersaklarni qayta ishlash” bo‘linmalari loyiq deb topildi. Ikkala jamoa ham 5 million so‘mdan rag‘batlantirildi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda davom etdi. Unda kelgusi rejalar, amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar muhokama qilindi.
 

                

 

0

(0 ovoz)