Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

DAVLAT BAYROG'I QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN TADBIR TASHKIL ETILDI

18.11.2025 19.11.2025 67

     

18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati va korxona Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" mavzusida ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda shahar kengashi deputati Ulug‘bek Abdunazarov va shahar hokimining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Gulchehra Mirzaxmedova ishtirok etib, so‘zga chiqdi. Mehmonlar davlatimiz bayrog‘ining tarixiy ahamiyati, xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida bayrog‘imizga bo‘lgan hurmat va e’tibor, yoshlar ongida milliy qadriyatlarga sadoqatni mustahkamlash, korxonada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish masalalariga alohida urg‘u qaratildi. “O‘zmetkombinat” AJ jamoasi uchun bunday tadbirlar davlat ramzlariga bo‘lgan g‘urur va mas’uliyatni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

0

(0 ovoz)