Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

BAYRAM KUNLARI KORXONA XAVFSIZLIGINI KUCHAYTIRISHGA BAG'ISHLANGAN YIG'ILISH O‘TKAZILDI

22.12.2025 22.12.2025 427

     

“O‘zmetkombinat” AJda Boshqaruv raisi - Bosh direktor Bahodir Abdullayev raisligida Yangi yil bayrami tadbirlarini belgilangan tartibda o‘tkazish hamda bayram kunlarida korxona hududida xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish masalalari yuzasidan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida bayram tadbirlarini tashkil etish, ishchi-xodimlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va bayram kunlari davomida korxona faoliyatining uzluksizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash va ishchi-xodimlar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Bayram kunlari davomida mas’ul rahbar xodimlardan iborat navbatchilik tizimini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga yig‘ilish davomida bir qator tayinlovlar e'lon qilindi. Xususan Boshqaruv raisining o‘rinbosari-tijorat direktori lavozimiga Mamanov Rustam Abdusamatovich, Jismoniy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Rasulov Qobiljon Qosimovich, Texnopark loyihasi rahbari lavozimiga Madirimov Daniyar Mamatsaliyevich va Tender bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Kazakov Abror Yusup o‘g‘li tayinlandi.

Yig‘ilish yakunida barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi hamda Yangi yil bayrami tadbirlarini belgilangan talablar asosida yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ijro topshiriqlari berildi.

 

3.00

(2 ovoz)