Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT” JAMOASI AMALIY-TAKTIK MASHG‘ULOTDA ISHTIROK ETDI

09.02.2026 09.02.2026 37

     

“O‘zmetkombinat” AJda “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining birgalikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

O‘quv mashqining asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obyekt rahbarlari hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalari rahbarlarining boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, qutqaruv ishlarini to‘g‘ri va tezkor tashkil etish bo‘yicha amaliy bilimlarini takomillashtirishdan iborat. 

Mashg‘ulot davomida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shaxsiy tarkibi bilan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda vayronalar ostida qolgan hamda yonayotgan binolar ichidagi fuqarolarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi. Bunday maxsus-taktik o‘quv mashqlari favqulodda vaziyatlar oqibatlarini kamaytirish, inson hayotini asrash hamda har bir mas’ul shaxsning o‘z vazifasini aniq va puxta bajarishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

0

(0 ovoz)