Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

"O‘ZMETKOMBINAT”DA XODIMLAR VA MUROJAATCHILAR UCHUN NAVBATDAGI QABUL TASHKIL ETILDI

13.03.2026 13.03.2026 88

    

Hujjatlar tahlili va ijrosini ta’minlash hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha inspektorlar tomonidan navbatdagi qabul tashkil etildi.

Qabul jarayonida kombinat xodimlari hamda murojaatchilar tomonidan ijtimoiy va mehnat munosabatlariga oid bir qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, moddiy yordam ajratish, boshqa ish joyiga o‘tkazish, mavjud mehnat munosabatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, “O‘zmetkombinat” AJ bilan mehnat shartnomasi tuzish bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.

Bildirilgan barcha murojaatlar qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida amaldagi qonunchilik talablari, ichki me’yoriy hujjatlar hamda belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqildi.

Ayrim murojaatlar yuzasidan murojaatchilarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi masalalar esa belgilangan tartibda tegishli bo‘lim va xizmatlarga ijro uchun yo‘naltirildi.

Qabul yakunlariga ko‘ra mas’ul tarkibiy bo‘linmalarga aniq topshiriqlar berilib, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.

 

0

(0 ovoz)