Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KOMBINAT HUDUDIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI O‘TKAZILDI

25.03.2026 25.03.2026 78

  
“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalari haydovchilarining shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida profilaktik tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida Sanoat xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan avtotransport vositalari haydovchilariga transportni texnik soz holatda boshqarish, belgilangan muddatlarda texnik xizmat ko‘rsatish, harakat jarayonida xavfsizlik kamarlaridan majburiy foydalanish hamda belgilangan tezlik me’yorlariga qat’iy rioya etish zarurligi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, haydovchilarga amaldagi “Harakat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun, Yo‘l harakati qoidalari hamda transport vositalaridan foydalanishga oid belgilangan talab va me’yorlarga so‘zsiz amal qilish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, kombinat hududiga metallom olib kiruvchi transport vositalari oqimining ortib borayotgani haydovchilardan yanada yuqori darajada diqqat-e’tibor, hushyorlik va mas’uliyat talab etadi. Shu bois barcha haydovchilar xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirildi.

 

1.50

(2 ovoz)