Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“NAVOIY URAN KOMPANIYASI” VA “O‘ZMETKOMBINAT” O‘RTASIDA KOOPERATSIYA ALOQALARI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQILMOQDA

16.04.2026 16.04.2026 94

   

“Navoiy uran kompaniyasi” hamda “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida kooperatsiya yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu kelishuv doirasida uran qazib olish jarayonlarida qo‘llaniladigan burg‘alash uskunalarini mahalliylashtirishga qaratilgan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Tomonlar mazkur tashabbus orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ulushini kengaytirish, shuningdek, milliy sanoat salohiyatini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Kelishuvning amalga oshirilishi tarmoqlararo kooperatsiyani yanada chuqurlashtirishga, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga hamda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

0

(0 ovoz)