Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Kombinat yoshlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi

16.04.2026 16.04.2026 10

  

Kombinatning turli bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan yoshlarni korxonaning asosiy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bugun Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasida amaliy tanishuv tashkil etildi. Tadbir bir guruh yoshlar ishtirokida o‘tkazildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar zamonaviy texnologik jarayonlarning bosqichlari, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan ilg‘or uskunalar hamda po‘lat eritish jarayonining texnik va tashkiliy jihatlari bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Mutaxassislar tomonidan jarayonlarning ishlash tartibi, xavfsizlik qoidalari hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha yanada chuqurroq tushunchaga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning soha bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Bunday amaliy tashriflar yosh mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kelgusida malakali kadrlar bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi.

 

0

(0 ovoz)