Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT” VAKILLARI ISHTIROKIDA ANTIKORRUPSIYA YO‘NALISHIDA ENG YAXSHI LOYIHALAR TANLAB OLINDI

27.04.2026 27.04.2026 29

     

Yosh dasturchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida innovatsion va amaliy ahamiyatga ega loyihalarni aniqlashga qaratilgan “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026” yuqori saviyada yakunlandi.

Tanlovning final bosqichida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev hamda “Sarbon” universiteti rektori Odilbek Asqaraliyev ishtirok etdi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda raqamli texnologiyalar va ochiq ma’lumotlarning o‘rni tobora ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan loyihalar shaffoflikni ta’minlash, inson omilini qisqartirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekani qayd etildi.

Yakuniy bosqichda 45 ta jamoa tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar ekspertlar tomonidan har tomonlama baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — “Feba” jamoasi;
2-o‘rin — “Austrum” jamoasi;
3-o‘rin — “Bright minds” jamoasi egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, “O‘zmetkombinat” AJ korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlash hamda zamonaviy raqamli yechimlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi tashabbuslarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi.

 

0

(0 ovoz)