Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATLARI BO‘YICHA NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI

15.05.2026 15.05.2026 19

  

“O‘zmetkombinat” AJda Xodimlarni boshqarish boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Normatov tomonidan navbatdagi Shaxsiy qabul tashkil etildi. Mazkur qabul kombinat rahbariyati hamda mas’ul MChJ rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.

Shaxsiy qabul jarayonida kombinat xodimlari va murojaatchilar tomonidan ijtimoiy hamda mehnat munosabatlariga oid bir qator masalalar ko‘tarildi. Xususan, moddiy yordam ajratish, boshqa ish joyiga o‘tkazish, mavjud mehnat munosabatlariga o‘zgartirish kiritish, vakant ish o‘rinlari hamda “O‘zmetkombinat” AJ bilan mehnat shartnomasi tuzish bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.

Bildirilgan barcha murojaatlar sayyor qabul komissiyasi a’zolari, mas’ul mutaxassislar hamda MChJ rahbarlari ishtirokida amaldagi qonunchilik talablari, ichki me’yoriy hujjatlar va belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq batafsil ko‘rib chiqildi. Ayrim murojaatchilarga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi masalalar esa tegishli tarkibiy bo‘linmalar va xizmatlarga ijro uchun yo‘naltirildi.

Shaxsiy qabul yakunlariga ko‘ra mas’ul tarkibiy bo‘linmalarga aniq topshiriqlar berilib, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi. O‘tkazilgan mazkur Shaxsiy qabul ham avvalgilar kabi yuqori tashkiliy darajada tashkil etilib, barcha masalalar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi.

 

0

(0 ovoz)