Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT”DA TALABA-YOSHLAR UCHUN EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI

15.05.2026 15.05.2026 9

     

Har payshanba “Yoshlar kuni” munosabati bilan "O‘zmetkombinat"da tashkil etilayotgan tadbirlar doirasida bir guruh universitet talaba-yoshlari kombinatning muzeyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ishtirokchilar kombinatning tashkil topish tarixi, ishlab chiqarish bosqichlari hamda mamlakat sanoat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar bilan tanishdilar.

Muzey fondida saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, arxiv hujjatlari va noyob suratlar yoshlar e’tiborini tortib, ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, kombinat faoliyatining turli davrlarini aks ettiruvchi materiallar orqali sanoat rivojlanishining muhim bosqichlari va ishlab chiqarish jarayonlari haqida keng tasavvur hosil qilindi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tashrif yosh avlodning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash, ularning kasbiy bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda sanoat sohasiga qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

 

0

(0 ovoz)